Toshkentda koronavirusga chalingan bermorlarning yana 130 nafari tuzaldi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi koʻp tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 11 nafar, jami 130 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, 2-iyun kuni oʻz uyiga kuzatildi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sogʻaydi. O‘zbekiston bo‘ylab esa jami sogʻayganlar soni 6034 nafarga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 8996 nafarga yetdi. Epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Янгиликлар