Toshloqda yuk mashinasi urib yuborgan fuqaro voqea joyida vafot etdi

Foto: Ichki ishlar boshqarmasi

Toshloq tumanida 30-iyun kuni “ISUZI” yuk mashinasini haydab ketayotgan fuqaro A.F. Xo‘jaariq MFY hududida fuqaro T.A.ni urib yuborgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati ma’lumotlarga ko‘ra, T.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, “Qamchiq” dovonida “Nexia” yuk mashinasiga urilib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар