Xabib Nurmagomedovning otasi vafot etdi

Aralash jang san’ati ustasi va murabbiy Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov 57 yoshida vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi

Prezident butun chechen xalqidan Abdulmanap Magomedovichning oilasiga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, o‘z xabarida uning yaxshi nom qoldirib, munosib avlodni voyaga yetkazganini ta’kidlagan

Xabib Nurmagomedov hozircha bu ma’lumotga izoh bermagan. 28-iyun kuni sportchi Instagram’da otasining imzosi bilan otasining fotosuratini joylashtirgan.  Ma’lumot uchun, 14-may kuni Abdulmanap Nurmagomedov pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan. Keyinchalik uning ahvoli yomonlashib, ma’lum muddat komada bo‘lgan. Nurmagomedovga koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan.