Buxoro shahrining ayrim ko‘chalari elektr energiyasidan uzilib qoldi

Foto: Dreamstime

Shaharning “Mustaqillik”, “Pridastgir”, “Zulfiya” va “Navoiy” shoxko‘chalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr qurilmalarida avariyali holatlar yuzaga kelganligi sababli uzilishlar yuzaga keldi, deya xabar berdi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

Hozirda Buxoro shahar ETKning avariya tiklash brigadalari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 4-iyul kuni soat 17:00ga qadar barcha hududlardagi avariyali holatlar bartaraf etilib elektr energiyasi ta’minoti tiklanishini bildiramiz, deyiladi xabarda.

Avvalroq Xorazmda elektr tarmog‘iga ulanish uchun simyog‘ochga chiqqan fuqaro kuchli tok urishidan halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.