Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 milliondan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanish holatlari soni 11 milliondan oshib ketdi. Buni Jons Xopkins universitet ma’lumotlari tasdiqlamoqda.

Foto: Reuters

Statistikaga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar jami 11 045 713 kishini tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun 28-iyun kuni dunyo bo‘yicha 10 milliondan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan. Shunday qilib, bir haftadan kamroq vaqt ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 million kishiga ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq AQShda bir kunda koronavirus bilan kasallanganlar soni rekord darajaga yetgani xabar qilingandi.