Farg‘onada bir million so‘m va uyali telefon o‘g‘irlangan shaxs ushlandi

Foto: nur.kz

Farg‘ona shahrida 26-iyun kuni “Bozor yo‘li” ko‘chasida joylashgan dehqon bozoridagi sabzovot mahsulotlari rastasi ustida fuqaro B.A.ning qarovsiz qoldirilgan 1 mln so‘m pullari va narxi 900 ming so‘m “MI 5” rusumli uyali telefon apparati o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni “Soy bo‘yi” MFY hududida yashovchi fuqaro M.G. sodir etgan. Holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (O‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, yuqoridagi ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Quvada narxi bir yarim million so‘mlik telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.