Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolayotgan yagona dori nomini aytdi
Koronavirusga qarshi ijobiy natijalarni ko‘rsatgan yagona antiviral dori JSST tomonidan “Remdesivir” deb nomlandi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.
Antiviral dori-darmonlarda o‘tkazilgan sinovlarda “Remdesivir” koronavirusga qarshi ijobiy natijalarni ko‘rsatdi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan.
Shu bilan birga Svaminatan “Remdesivir” kasalxonadagi bemorlarning sonini kamaytirganligini, ammo koronavirusdan o‘lim holatlariga ta’sir ko‘rsatmaganligini ta’kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu preparatni qabul qilgan bemorlar koronavirusdan tezroq tuzalishadi. “Remdesivir”ni qabul qilgan bemorlar 11 kun, qabul qilmaganlar esa 15 kun ichida tuzalganlar.
Avvalroq dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi.