Olmaliqdagi tibbiyot xodimida koronavirus aniqlandi

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Olmaliq shahridagi tibbiyot xodimining koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirgan testi musbat natija berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 3-iyul kuni Olmaliq shahridagi bir nafar tibbiyot xodimi va bir nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi tahliliga topshirilgan test natijasi musbat chiqqan. Ushbu fuqarolardan yana qaytadan test tahlillari olindi.

Ayni vaqtda shahar IIB tomonidan Olmaliq shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va shifoxonasi profilaktika maqsadida yopilib, tezkor surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, O’zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9500 ga yetdi. 4-iyun kuni qayd etilgan 104 nafar kasallanish holatidan 25 nafari Toshkent viloyatidan, shundan 20 nafari aholi orasida aniqlangan.

Янгиликлар