Qoraqalpog‘istonda ishdan bo‘shatmaslik uchun 2 mln so‘m pora olgan bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari qo‘lga tushdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Boʻzatov tumanida xodimni ishdan bo‘shatmasliik uchun pora olgan Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori vazifasini bajaruvchi I.B. qo‘lga olindi. Bu haqda “TezNews”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, I.B. xizmat mavqeidan foydalanib, markaz inspektori A.ni ishdan boʻshatmaslik evaziga 2 million soʻm talab qilgan. Shundan 1,5 million soʻmini olib, 22-iyun kuni qolgan 500 ming soʻmini olgan vaqtida Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boʻzatov tuman boʻlimi tomonidan prokuratura va IIV xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda Agroinspeksiyaning Sho‘rchi tuman bo‘limi inspektori, Toshkentda kollej o‘qituvchisi, Toshkent viloyatida esa XTB bosh mutaxassisi firibgarlik ustida qo‘lga tushgani xabar berilgan edi.