Buxorodagi OTMlar ro‘yxati ma’lum qilindi

Foto: Buxoro davlat universiteti

Buxoro viloyatida jami 4 ta oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi, deya xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

OTMlarning bittasi universitet, ikkitasi institut, yana biri esa institut filiali hisoblanadi. Ular quyidagilar:

1. Buxoro davlat universiteti.
2. Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
3. Buxoro davlat tibbiyot instituti.
4. Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali.

Eslatib o‘tamiz, Buxoroda 2020—2021-o‘quv yili uchun 5-iyul 18:00 holatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 14 950 nafarni tashkil etgan.

Янгиликлар