O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 10284 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 6-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10284 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 118 nafari Toshkent shahrida, shundan 46 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 72 nafari aholi orasida, 20 nafari Andijon viloyatida xorijdan kirib kelgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6584 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 3664 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.