Samarqandda 7-sinf o‘quvchisi velomashina ixtiro qildi

Skrin: Video

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 7-sinf o‘quvchisi Muhammad Azizov dadasi va akasi yordamida velomashina ixtiro qildi.

Uning ta’kidlashicha, velomashinaning yasalganiga bir yildan oshgan. Ixtiro uchun taxminan uch oy vaqt sarflangan. Mazkur mashinani yasashda temir profil, velosiped va “Damas” avtomobilining texnik jihozlaridan foydalanilgan.

Shuningdek, ixtiro muallifi “Moskvich” avtomobili qismlaridan kichik hajmdagi ekskovator yasamoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

Avvalroq o‘zbekistonlik talabalar tomonidan niqobsiz fuqarolarni aniqlovchi maxsus dastur ixtiro qilingan edi.

Янгиликлар