Termizda Xalq banki filialining yopilishi bo‘yicha tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq bankining Surxondaryo filiali Termiz Amaliyot bo‘limi yopilishi bilan bog‘liq video yana bir marta tarqaldi.

Mavjud standartlardan kelib chiqib, 2019-yil may oyida bankning Surxondaryo filiali uchun uch qavatli bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda Bank axborot xizmati xabar berdi.

Uning birinchi qavatida esa yangidan Termiz Amaliyot bo‘limi ish boshladi. Hozir mazkur bo‘limda 54 nafar xodim ishlamoqda.

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Kengashining 2019-yil 24-iyuldagi 26/2-sonli majlis bayoni hamda Markaziy bank nazorat qo‘mitasining 2019-yil 27-dekabrdagi 178/2-sonli bayoniga muvofiq bankning Surxondaryo viloyati Termiz amaliyot bo‘limi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Termiz amaliyot bo‘limi faoliyatini tugatish jarayoni mavjud qonunchilikga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirildi.

Ma’lumot uchun, ushbu amaliyot bo‘limi xodimlariga mehnat qonunchiligida belgilangan miqdorlarda tovon pullari to‘lab berilgan.

Янгиликлар