Andijonda kamxarj va serdaromad biznes sifatida quyonchilik bilan shug‘ullanilmoqda

Andijon viloyatida bugungi kunga kelib koʻplab quyonchilik klasterlari tashkil etilmoqda, deb yozmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Jumladan, Buloqboshi tumanida “Badalovlar kelajagi-2020” quyonchilik yoʻnalishidagi oilaviy klasteri tashkil etilgan boʻlib, shu kungacha tumandagi kam taʼminlangan oilalarga 500 dan ortiq quyon tarqatgan.

Shuningdek, ushbu oilaviy klasterga 10-iyulga kadar Italiya davlatidan naslli 100 dona ona quyonlar olib kelinishi rejalashtirilgan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, hozirda mahalliy quyonlardan 200 dona boqilmoqda. 6 oy davomida naslli quyonlar sonini 3 mingtaga yetkazish ko‘zda tutilgan.