Farg‘onada 300 ming so‘mlik “Ural” velosipedini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida qiymati 300 ming so‘mlik “Ural” velosipedini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi viloyat IIB.

Ma’lum qilinishicha, Quvasoy shahrida 4-iyul kuni fuqaro U.M. IIBga murojaat qilib, shu kuni noma’lum shaxs Quvasoy shahar, A.Navoiy ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan narxi 300 ming so‘mlik “Ural” nomli velosipedini o‘g‘irlab ketganligini aytadi.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni B.N. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.

Avvalroq Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefon o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingani va ularning orasida voyaga yetmaganlar ham bor ekanligi xabar qilingandi.

Янгиликлар