O‘zbekiston oliygohlariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni 500 mingdan oshdi
Davlat test markazi 2020/2021-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berdi.
Foto: O’zA
Unga ko‘ra, 2020-yil 7-iyul 18:00 holati bo‘yicha jami ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 517 409 nafarni tashkil etdi. Shundan 272 586 nafari (52,68 foizi) 2020-yil bitiruvchilaridir.
Ta’lim shakli bo‘yicha:
- Kunduzgi ta’lim shakli – 326 536 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli – 182 591 nafar;
- Kechki ta’lim shakli – 8 282 nafar.
Tillar kesimida:
- O‘zbek tili – 453 595 nafar;
- Rus tili – 50 189 nafar;
- Qoraqalpoq tili – 12 174 nafar;
- Boshqa tillar – 1 451 nafar.
Abituriyentlar tomonidan eng ko‘p tanlanayotgan OTMlar:
- Samarqand davlat universiteti – 30 580 nafar;
- Andijon davlat universiteti – 25 895 nafar;
- Namangan davlat universiteti – 20 380 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti – 20 107 nafar;
- Qarshi davlat universiteti – 19 706 nafar.
Avvalroq DTM chet tilidan sertifikati bor abituriyentlarning ro‘yxatdan o‘tishdagi xatoliklari haqida ma’lumot bergandi.