O‘zbekistonda yana 97 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 7-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97 nafarga ko‘payib, 10 459 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 3732 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari o‘ta og‘ir ahvolda. Sog‘ayganlar 6690 nafarni tashkil etadi.

Янгиликлар