O‘zbekistonda yirik qurilish obyektlari faoliyatini ma’lum shartlar asosida davom ettirishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan O‘zbekistonda sanoat va yirik qurilish obyektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berildi:

Tegishli obyektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;

Obyektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli obyektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;

Obyektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

Xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlash.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusdan uyda davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etilishi ma‘lum qilingan edi.

Янгиликлар