Qashqadaryo hokimi chegara qishloqlardagi aholining muammolari bilan tanishdi
Qashqadaryo viloyat hokimi Kitob tumanidagi “Kuhsor” mahalla fuqarolar yig‘iniga bordi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Hokim ushbu qishloqlar aholisining muammolari, X-sonli harbiy qism faoliyati va harbiy oilalarga qurilgan va qurilayotgan uy-joylar bilan tanishdi.
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Shuningdek, tumanda tashkil etilayotgan geologiya milliy bog‘ining geoturizm va iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.
Foto: Qashqadaryo viloyat hokimligi
Avvalroq “Tabiatni muhofaza qilish davlat muassasasi shaklidagi Kitob geologiya milliy tabiat bogʻini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolangani haqida xabar berilgan edi.