Toshkent viloyatidan poytaxtga ishchi-xodimlarning kirib-chiqishi ham taqiqlandi

O‘zbekistonda 10-iyuldan boshlab joriy etiladigan kuchaytirilgan karantin davrida Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi, biroq Toshkent shahrida mehnat qiluvchi ishchi-xodimlarning poytaxtga kirib-chiqishiga ham ruxsat berilmaydi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin talablari qayta kuchaytirilishi munosabati bilan 8-iyul kuni AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilishicha, stikerli avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat etiladi. Biroq ushbu masalani bugun yaxshilab o‘rganib, ertaga o‘tkaziladigan brifingda aniq javobni aytishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 10-iyuldan 1-avgustgacha O‘zbekistonda karantin tartibi keskin kuchaytirildi. To‘ylar va avtomobillar qatnovi cheklandi.

Янгиликлар