O‘zbekistonda 1-avgustga qadar barcha masjidlar faoliyati to‘xtatiladi

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 10-iyuldan 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar, jumladan, masjidlar faoliyati to‘xtatiladi.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi va boshqa diniy konfessiyalarning takliflarini inobatga olgan holda respublikadagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020-yil 10-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar diniy tashkilotlar faoliyati to‘xtatilmoqda”, — deyiladi maxsus komissiya qarorida.

Eslatib otamiz, O‘zbekistonda 8-iyundan boshlab “yashil” hududlardagi masjidlar faoliyatiga ruxsat berilgan edi.

Янгиликлар