Farg‘onada 11-iyul kuni qanday ob-havo kutilmoda?

“O‘zgidromet”ning xabar berishicha, 11-iyul, shanba kuni Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi.Baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Foto: O‘zA

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.