Samaqandda 11-iyul kuni havo biroz bulutli bo‘lib, shamol tezligi kuchayishi mumkin
“O‘zgidromet” 11-iyul, shanba kuni Samarqand viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: “Zarnews”
Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 mer/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.