Samarqandda karantinga olingan fuqarolarning 15 nafarida koronavirus aniqlandi

Samarqand viloyatida 10-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 536 nafarni tashkil etmoqda, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, viloyatda 15 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ayni paytga qadar Samarqandda 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda 72 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov viloyatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshi emasligini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 nafarga yetgan.

Янгиликлар