Toshkentda 11-iyul kuni yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

“O‘zgidromet” 11-iyul, shanba kuni Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Foto: Instagram / Valdemarios

Unga ko‘ra, poytaxtda havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 mer/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja boʻladi.