Avstraliyada serfing bilan shug‘ullanayotgan bola akula hujumiga uchrab halok bo‘ldi

Avstraliya sohillarida voyaga yetmagan bola akula hujumiga uchrab halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” Janubiy Uels shtati politsiyasiga tayanib.

Foto: The Advertiser

“Guvohlarning politsiyaga bildirishicha, akula bola Graftan yonidagi Vuli plyajida serfing bilan shug‘ullanayotgan paytda hujum qilgan”, — deyiladi politsiya xabarida.

Jabrlangan bola sohilga olib chiqilgan. Unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganiga qaramay, vafot etgan.

Voqeadan so‘ng hukumat yaqin atrofdagi plyajlarni yopib qo‘ygan.

Xabarda aytilishicha, o‘tgan shanbada Avstraliyaning Freyzer sohilida erkak akula hujumiga uchrab vafot etgan. Iyun oyida uch metrlik akula Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels shtatidagi Kingskliff shahri sohillarida serfingchiga hujum qilgan. Erkak olgan jarohatlari sabab vafot etgan.

Янгиликлар