Karantin davrida korxona va tashkilotlar tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

AOKA huzuridagi shtabda 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov korxona va tashkilotlar tomonidan koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: UZREPORT TV

Ta’kidlanishicha, tashkilotlar infeksiyanining oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

– tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– tashkilot mehnat jamoasi orasida koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi choralar ko‘rish;

– ishchilarning zararlanishiga qarshi tashkiliy – texnik tadbirlar;

– ishchilarning zararlanishiga qarshi boshqa tashkiliy chora-tadbirlar.

Tashkilotga infeksiyaning tashqaridan kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi tavsiya etiladi:

– xodimlarni ishxonaga olib kelish uchun avtobus, mikroavtobuslar va yengil avtomashinalardan foydalanish;

– ishchi xodimlar transport vositasiga chiqqanida yuz niqoblari almashtirilib, tushayotganda yana yangisini berish lozim;

– ishchi-xodimlar tushirilgandan so‘ng transport ichi dezinfeksiya qilinib, yarim soatga yopib qo‘yiladi;

– har kuni ishxonaga kiritishdan oldin tana haroratini kontaktsiz pirometr yoki shu kabilar yordamida o‘lchash, tana harorati ko‘tarilgan yoki yuqumli kasallik belgilari namoyon bo‘lib turgan ishchilarni ishga qo‘ymaslik;

– ishchining salomatligi holatini tekshirish, uning muloqotdagilari to‘g‘risida ma’lumot to‘plash, boshqa bemorlar yoki epidemiologik noxush hududlardan (mamlakat, respublika, viloyat, tumanlar) tashrif buyurgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lganligiga aniqlik kiritish, buning uchun alohida javobgar shaxs belgilash;

– ishxonaga kirish joyiga teri antiseptiklari bilan ishlov berish uskunasini (dozatorli uskuna, namli salfetkalar va shu kabilar) o‘rnatish.

Shuningdek, piyodalar uchun “dezto‘shama”lar, transportlar uchun “dezto‘siq”lar tashkil etish;

– tashkilotga chetdan shaxslarni kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;

– tashkilotga kirish-chiqish qismida odamlarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Янгиликлар