Namanganda 24 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘ayganlar qayd etilmadi

Namanganda 11-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra yana 24 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqida Namangan koronavirus info xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Namangan shahridan 8 kishida, Yangiqo‘rg‘on tumanidan 1 kishida, Chust tumanidan 2 kishida, Chortoq tumanidan 10 kishida va yana boshqa viloyatlardan 3 kishida kasallik qayd etilgan.

Foto: Namangan koronavirus info

Eslatib o‘tamiz, Namanganda koronavirusga chalingan 377 kishidan 300 nafari sog‘aygan, 73 nafari davolanmoqda. Vafot etganlar 4 nafarni tashkil etadi.

Янгиликлар