Sobiq deputat Nuriddin Murodov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi etib tayinlandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sobiq deputati Nuriddin Murodov Toshkent shahar Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi sudyasi etib tayinlangan. Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev xabar berdi.

Nuriddin Murodov kecha Toshkent shahar Uchtepa tumaniga Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya sifatida jamoatchilikka tanishtirildi, deb yozadi deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram’dagi kanalida.

Nuriddin Murodov mutaxassisligi bo‘yicha huquqshunos hisoblanadi. Murodov tayinlovdan oldin O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi kotibiyat mudiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Янгиликлар