O‘zbekistonda 193 kishida koronavirus aniqlandi. Shundan 20 nafari Buxoroda qayd etilgan

Buxoroda 13-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, yana 20 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatining barchasi viloyatda koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Buxoroda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 527 nafarga yetgan. Vafot etganlar 4 nafarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 13 193 nafar bemordan 7 852 nafari sog‘aygan. 5 280 nafari davolanmoqda. Ulardan 43 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.