Buxoroda 15-iyul kuni 42 darajagacha issiq bo‘ladi
“O‘zgidromet” 15-iyul, chorshanba kuni Buxoro viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: “Kun.uz”
Unga ko‘ra, shu kuni havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.
Avvalroq O‘zbekistonliklar hafta davomida haqiqiy yoz issigʻini his qilishi ma’lum qilingandi.