JSST rahbari dunyoda koronavirus tarqalishining to‘rtta ssenariysini aytib o‘tdi

Dunyo mamlakatlarining COVID-19 pandemiyasiga reaksiyasini to‘rtta ssenariy yordamida tasvirlash mumkin, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adan Gebreyesus maxsus brifingda.

Bildirilishicha, ularning ikkitasi allaqachon koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda o‘zlarining muvaffaqiyatlarini isbotladilar. Uning so‘zlariga ko’ra, 12-iyul kuni dunyo bo‘ylab kuniga 230 mingta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, barcha yangi holatlarning yarmi atigi ikki mamlakatda qayd etilgan.

Dastlabki ikkita ssenariy epidemiyaga qarshi kurashda samarali ekanligini ko‘rsatdi, deydi Gebreyesus. JSST rahbari Janubi-Sharqiy Osiyo, Tinch okeani, Karib havzasi va Afrikadagi mamlakatlarni birinchi guruhga kiritdi. “Ushbu davlatlar rahbarlari vaziyatni o‘z qo‘llariga oldilar va amalga oshirilayotgan choralar bo‘yicha aholi bilan samarali aloqa o‘rnatishdi”, — dedi u.

Ikkinchi ssenariy — Yevropada. Bu yerda virusni keng ko‘lamli avj oldirish holatlari mavjud edi. Lekin virusning tarqalishini oldini olish bo‘yicha asosiy choralar, kuchli rahbarlik va aholining yordami bilan vaziyat nazoratga olingan.

Uchinchi ssenariydagi davlatlar avval karantin cheklov choralarini qo‘lladilar, keyin esa ularni kuchaytirdilar. “Dunyoning bir qator mamlakatlarida biz COVID-19 bilan kasallanish xavfi o‘sayotganini ko‘rmoqdamiz», — dedi Gebreyesus.

To‘rtinchi ssenariy virus bilan kasallanganlar soni keskin ko‘payib borayotgan mamlakatlarda o’tdi. “Bu holat Amerika, Janubiy Osiyo va Afrikaning bir qator mamlakatlarida ro‘y bermoqda. Amerika barcha holatlarning 50 foizdan ko‘prog‘i qayd qilingan COVID-19 epitsentri bo‘lib qolmoqda”, — dedi JSST rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, juda ko‘p davlatlar noto‘g‘ri yo‘nalishda ketishdi.

Ma’lumot uchun, 14-iyul soat mahalliy vaqt bilan 12:30 holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 13 242 608 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 7 709 106 nafari butunlay sog‘aygan. O‘lim holatlari 575 658 taga teng.

Янгиликлар