Namanganda yana 15 nafar koronavirusga chalingan bemor sog‘aydi

Namangan viloyatida 15 nafar koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-iyul kuni O‘zbekistonning to‘rtta hududida koronavirusga chalingan 44 nafar bemor sog‘aygan.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 8074 nafarga yetdi.

Avvalroq 14-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 281 nafarga oshib, 13 872 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар