Qo‘qonda qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlab, tergovdan yashiringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 13-iyul kuni Qo‘qon shahar IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan I.X.ni qo‘lga olishgan.

Avvalroq Buvaydadagi do‘kondan jami 30,4 million so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

Янгиликлар