Rishtonda daraxtga urilgan “Matiz” haydovchisi hodisa joyida vafot etdi
Farg‘ona viloyati Rishton tumanida “Matiz” avtomashinasi bilan daraxtga urilgan haydovchi vafot etdi, deya xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.
Foto: Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati
Fuqaro A.A. 12-iyul kuni “Matiz” avtomashinasida Mehnatobod qishlog‘i hududida ketayotib, harakat boshqaruvini yo‘qotgan. Natijada yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilgan va hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: Farg‘ona viloyat IIB axborot xizmati
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Farg‘onada “Nexia-2” tut daraxtiga urilishi oqibatida undagi yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.