Samarqandda 15-iyul kuni harorat 40 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 15-iyul, chorshanba kuni Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi.

Foto: Katarina Haenni
Shu kuni viloyatda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Avvalroq O‘zbekistonliklar hafta davomida haqiqiy yoz issigʻini his qilishi ma’lum qilingandi.