“Suyunchi” va dafn marosimi uchun nafaqa pullari elektron tarzda beriladi — Adliya vazirligi DXA

Karantin davri boshlanganidan buyon fuqarolarning Davlat xizmatlari markazlariga tashrifini qisqartirish, aholining raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yana bir qulaylik ishga tushirildi. Bu haqda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Fuqarolarning hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik maqsadida Davlat xizmatlari markaziga bormasdan farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik hamda dafn marosimi uchun beriladigan nafaqa pullarini onlayn rasmiylashtirish imkoni yaratildi.

Ushbu xizmatlardan elektron tarzda quyidagi havolalar orqali foydalanish mumkin:

“Suyunchi” puli uchun;

Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun.

Ma’lumot uchun, onlayn tarzda ariza berilganda 5 daqiqada nafaqa puli tayinlanadi va bu haqda fuqaroga ma’lumotnoma yuboriladi. Ushbu ma’lumotnoma orqali AT “Xalq banki” filialidan o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda nafaqa pulini olishingiz mumkin, deyiladi vazirlik axborotida.