Toshkentda yana 231 kishi koronavirusga chalindi

Oʻzbekistonda 13-iyul soat 23:30 holatiga koʻra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 231 nafarga oshib, 13591 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 231 nafari Toshkent shahrida (shundan 146 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 85 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shuningdek, qayd etilishicha, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 164 nafar, Namangan viloyatida 14 nafar, jami 178 nafar bemor tuzaldi.

O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolarning 8030 nafari (59 foiz) sogʻaygan, 63 nafari vafot etgan.

Hozirda mamlakatda 5498 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davolanishda davom etmoqda.

Янгиликлар