Uchko‘prikda prokuratura aralashuvi bilan ikki abituriyent pasport oldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 11-sinfni tamomlab, OTMga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan ikki abituriyentga pasport olib berildi, deb xabar berdi viloyat prokuraturasi.

Uchko‘prik tumanida yashovchi 11-sinf bitiruvchilari Rustamova Sevara va Gʻaniyev Samandar oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga topshirish uchun fuqarolik pasporti zarur ekanligini, lekin pasportning berilishi paysalga solinayotganligi haqida Farg‘ona viloyat prokuraturasining “Xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha ko‘mak” rasmiy Telegram boti orqali murojaat qilgan.

Viloyat prokuraturasining aralashuvi bilan ularga shu kunning o‘zida tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasi tomonidan biometrik fuqarolik pasporti rasmiylashtirilib berilgan.

Ma’lumot uchun, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020—2021-o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi.

Янгиликлар