Farg‘onada tovlamachilik yo‘li bilan 6 mln so‘mni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Farg‘ona viloyatida tovlamachilik yo‘li bilan 6 million so‘mni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqaro X.M. 11-iyul kuni Farg‘ona shahrida joylashgan “Makro” supermarketi nazoratchisi Q.B. bilan til biriktirib, Farg‘ona tumanida yashovchi U.R.ning o‘g‘li M.J.ga kuch ishlatib, uni qo‘rqitgan. M.J.dan 6 000 000 so‘m pulni talab qilib, Farg‘ona shahridagi “Makro” supermarketi oldida shu yerda qo‘riqchi bo‘lib ishlovchi fuqaro M.A. orqali tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida Farg‘ona viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan X.M. va Q.B.ga nisbatan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, ushbu turdagi jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Buvaydadagi do‘kondan jami 30,4 million so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар