Namanganda yana 21 kishida koronavirus aniqlandi

Namangan viloyatida 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 kishiga oshib, 462 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallanish holatlarining 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 5 nafari aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytga qadar Namanganda 313 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. 4 nafar bemor vafot etgan. Hozirda 145 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 37 yoshli erkak o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 173 kishiga oshib, 14 466 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar 8 343 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan. Hozirda 6 054 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Янгиликлар