O‘zbekiston 13-iyul kuni 576 nafar xorijdagi fuqaroni vatanga qaytardi

Xorijdagi 576 nafar O‘zbekiston fuqarosi 13-iyuldagi charter reyslar orqali mamlakatga olib kelindi, deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, 13-iyul kuni Asiana Airlines aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan Seul—Toshkent—Seul charter reysi orqali 298 nafar o‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan olib kelingan.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi tomonidan bajarilgan Toshkent—Moskva—Toshkent reysi orqali esa 278 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga kirib kelayotgan fuqarolar o‘z xohishiga ko‘ra 14 kunlik karantin muddatini davlat tomonidan bepul ta’minlanadigan karantin markazlarida yoki pullik mehmonxonada o‘tkazishi mumkin.

Avvalroq xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun 13—19-iyul kunlari rejalashtirilgan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар