O‘zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 14 ming nafardan oshdi

O‘zbekistonda 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208 nafarga ko‘payib, 14 293 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 75 nafari karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida;

71 nafari Toshkent shahrida;

62 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun, ayni paytda O‘zbekistonda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 5898 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 51 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар