O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 million nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 14-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami 938 952 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 418 558 nafari — 2020-yil bitiruvchilari. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Shundan ta’lim shakli bo‘yicha:

  • kunduzgi — 551 257 nafar;
  • sirtqi — 368 916 nafar;
  • kechki — 18 779 nafar.

Hududlar miqyosida:

  • Toshkent shahri — 254 059 nafar;
  • Samarqand viloyati — 92 014 nafar;
  • Andijon viloyati — 74 278 nafar;
  • Farg‘ona viloyati — 73 815 nafar;
  • Qashqadaryo viloyati — 61 085 nafar;
  • Surxondaryo viloyati — 57 903 nafar;
  • Namangan viloyati — 51 689 nafar;
  • Toshkent viloyati — 50 170 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 49 228 nafar;
  • Jizzax viloyati — 44 436 nafar;
  • Buxoro viloyati — 39 382 nafar;
  • Xorazm viloyati — 35 498 nafar;
  • Navoiy viloyati — 28 504 nafar;
  • Sirdaryo viloyati — 26 891 nafar.

Tillar kesimida:

  • o‘zbek tilida — 825 036 nafar (88,3 foiz);
  • rus tilida — 87 071 nafar (9,2 foiz);
  • qoraqalpoq tilida — 24 787 nafar (2,3 foiz);
  • boshqa tillarda — 2 058 nafar (0,2 foiz).

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar:

  • Samarqand davlat universiteti — 50 434 nafar;
  • Andijon davlat universiteti — 40 656 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 36 981 nafar;
  • Namangan davlat universiteti — 34 922 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 34 452 nafar.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Янгиликлар