Surxondaryoda erkak qo‘shni ayolning bo‘yniga pichoq urdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashovchi erkak kelishmovchilik sababli qo‘shni ayolga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Aniqlanishicha, Boysun tumanida 2020-yilning 5-iyul, yakshanba kuni taxminan soat 13:00 larda “Temirdarvoza” mahallasida yashovchi R.F. qo‘shnisi B.M. ismli ayolning yashash uyi hovlisida o‘zaro janjallashib, janjal vaqtida R.F. qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan B.M.ning ismli ayolning bo‘yin sohasiga tan jarohati yetkazadi.

Mazkur holat yuzasidan R.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qilindi.

Avvalroq Surxondaryoda ayol kishini urgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bundan tashqari, Navoiyda 9-sinf o‘quvchisining 5 yoshli qizni pichoqlagani haqida ham xabar berilgan.

Янгиликлар