AQShda koronavirus vaksinasi sinovining birinchi bosqichi muvaffaqiyatli o‘tgani ma’lum qilindi

Amerikaning Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina sinovning birinchi bosqichida odamlarda virusga qarshi immunitetni kuchaytirganligini ko‘rsatdi.

Foto: AGN Moskva

Ta’kidlanishicha, sinovda 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 45 kishi ishtirok etgan. Ularga mRNA-1273 vaksinasi 28 kun davomida turli dozalarda — 25, 100 va 250 mikrogramdan iborat ikkita ineksiya qilingan.

Natijada barcha ko‘ngillilarning qonida koronavirusga qarshi antitanachalar paydo bo‘lgan. Qayta emlash paytida ularning soni bir necha marta ko‘paygan va eng past dozada qabul qilingan guruhda eng kuchli immunitet reaksiyasi kuzatilgan.

Янгиликлар