Buxoroda 43 ming nafarga yaqin abituriyent OTMga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan

Buxoroda 15-iyul 18:00 holatiga ko‘ra, jami 42 966 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 15-iyul holatiga ko‘ra, jami 1 011 660 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 438 86 nafari — 2020-yil bitiruvchilari.

Eslatib o‘tamiz, ta’lim shakli bo‘yicha kunduzgi — 586 612 nafar, sirtqi — 404 111 nafar, kechki — 20 779 937 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

Shuningdek, o‘zbek tilida 888 519 nafar, rus tilida 95 544 nafar, qoraqalpoq tilida 27 420 nafar, boshqa tillarda  2177 nafar abituriyent imtihon topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

OTMlarga hujjatlar 20-iyundan 20 iyulgacha (20-iyul kuni ham) qabul qilinadi.

Avvalroq 2020/2021-o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari DTM sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

 

Янгиликлар