Epidemiologik vaziyat yaxshilanmagan hududlarda test topshirish keyinga surilishi mumkin

Ayrim hududlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, o‘sha hududda test topshirish kunlari keyinga surilishi mumkin. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ma‘lumot berdi.

“Agar ayrim hududlarda epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, o‘sha hududda test topshirish kunlari yana ortga surilishi mumkin. Maqsad tezgina testlarni o‘tkazib olib, 1-sentabrdan o‘qishni boshlash emas. Asosiy maqsad abituriyentlarning salomatligini xavf ostiga qoldirmaslik bo‘ladi”, — deydi vazir o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 16-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni  14 787 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda OTMlarga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 million nafarga yaqinlashgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар