Janubiy Koreyaga kirish tartibi O‘zbekiston fuqarolari uchun qat’iylashtirilishi mumkin

Janubiy Koreya COVID-19 tarqalishiga qarshi karantin choralari kuchaytirilgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Chon Se Gyun ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatga boshqa davlatlar qatorida O‘zbekiston va Filippin ham kirishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 10 kun davomida Janubiy Koreyada koronavirus infeksiyasining qayd etilishi bilan bog‘liq yangi holatlar mamlakat ichidagiga nisbatan tashqaridan ko‘proq kirib kelgan. Avvalroq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Koreyaga ishga borgan o‘zbekistonliklardan birida koronavirus aniqlangani haqida xabar bergandi.

Ma’lumot uchun, 13-iyuldan boshlab Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Bangladesh va Pokiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish tartiblari kuchaytirilgan edi.

 

Янгиликлар