Nurmat Otabekov: “Somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlash shart emas”

AOKA huzuridagi shtabda 15-iyul kuni sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: “Sputnik”

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshiruvchi vakolatli idoralar tomonidan somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlashni talab qilish asossiz.

“Somsaxonalarda kombinezon kiyib ishlash shart emas. Kombinezon tez alanga olishi mumkin bo‘lgan materiallardan tikiladi. Shunday ekan, kombinezon kiyib ishlashni talab qilish asossiz. Tekshiruvchilardan ushbu talab qayd etilgan hujjatni ko‘rsatishni talab qiling. Bu sizning huquqingiz hisoblanadi”, — deydi Otabekov.

Avvalroq kasallanganlar to‘g‘risidagi statistika kamaytirib ko‘rsatilmayotgani haqida xabar berilgandi.